
Kevin de Bryuyne va yana ikki yulduz Gvardiolaga bosh ko‘tardi
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Kevin de Bryuyne, darvozabon Ederson va hujumchi Xulian Alvares bosh murabbiy Xosep Gvardiola boshqaruvida bo‘lgan jamoadagi o‘z mavqeidalariga norozilik bildirmoqda.
Football Insider nashrining yozishicha, bu uch yulduz shu yozda jamoani tark etish masalasini jiddiy o‘ylamoqda. Manbaga ko‘ra, argentinalik jahon chempioni Alvares o‘ziga ajratilayotgan o‘yin vaqtini kam, deb hisoblamoqda.
Kevin de Bryuyne va Ederson Saudiya Arabistoni klublaridan katta maosh va’da qilingan takliflarni oldi. Biroq “shaharliklar” rahbariyati ularning transferi uchun o‘ta katta badal puli talab qilishi ortidan transferlar barbod bo‘ldi.
Ayrim manbalarning ma’lumotida Xosep Gvardiola Xulian Alvares bilan jamoada qolish masalasini gaplashib olishga tayyorligini bildirgani aytilmoqda. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis belgiyalik pleymeyker Kevin de Bryuyne bilan ham xayrlashishni istamayapti.
Fikrlar