Kevin Lidan jiddiy qadam... U UFC ning engil vazndagi kuchli uchligi bilan jang qilmoqchi

CHERY AUTO

UFC ning engil vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan Kevin Li Konor MakGregor yoki Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson g‘olibi bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi.

“Men katta janglarda qatnashmoqchiman. Keyingi ishtirokim shov-shuvli bo‘lishi kerak. Engil vaznda yaxshi jangchilar ko‘p, ular bilan oktagonga chiqishim lozim.

Agar, tanlash imkoni bo‘lsa, Konor bilan to‘qnash kelishni xohlardim. Ammo u men bilan jang qilishni istamasligini bilaman. So‘nggi jangimni hamma ko‘rdi. MakGregor esa mag‘lubiyatdan keyin qaytadi. Shuning uchun, men bilan jangni qabul qilishi dargumon.

Rostini aytsam, Xabib va Fergyuson uchrashuvi g‘olibi bilan bahs olib borishni maqsad qilganman. Chempion bilan jang qilmoqchiman. Bu huquqni qo‘lga kiritish uchun menga yana bir yoki ikkita g‘alaba kerakligini tushunaman. Xabib bilan jang qilishni uzoq kutgan edim. Qolaversa, aksariyat muxlislarim Toni bilan revansh o‘tkazishimni xohlashadi.

Xullas, chempionlik jangida kim g‘alaba qozonsa, o‘sha bilan jang qilmoqchiman “, - dedi Kevin Li.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!