Keyingi mavsum uchun "Barselona" sardorlari ma’lum

  • 26 iyul, 2024, 09:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ning yangi sardori bo‘lishi mumkin. Nemis darvozaboni Serxi Roberto kataloniyaliklar jamoasidan ketganidan keyin sardorlik bog‘ichini qo‘lga kiritish uchun favorit hisoblanadi, deb xabar bermoqda "AS" nashri.

Tecno

Ter Shtegen nafaqat jamoaga ta’siri, balki yangi bosh murabbiy Xansi Flik bilan bir-birini yaxshi tushungani uchun ham sardorlik lavozimini egallash uchun asosiy nomzod sanaladi.

"Barsa" vitse-sardori bo‘lgan Frenki de Yong va Ronald Arauxo bu maqomni saqlab qolishlari kutilmoqda. Ularga hali nomi aniqlanmagan yana bir futbolchi qo‘shiladi.

So‘nggi yillarda sardorlar har doim butun jamoaning ovozi bilan tanlanadi, ammo nomzodlar yakuniy so‘zni aytgan murabbiy tomonidan oldindan kelishilgan. Bugungi kunda "Barselona"ning to‘rtinchi sardori roliga asosiy nomzodlar Robert Levandovski va Pedri hisoblanadi.

Flik polshalik hujumchini tayinlash variantini ma’qul ko‘radi, chunki uni kiyinish xonasida so‘zsiz etakchilardan biri va jamoadoshlari uchun yaqqol o‘rnak deb biladi. Biroq, agar ispaniyalik yarim himoyachi sardorlikka kiritilsa, nemis bunga e’tiroz bildirmaydi.

"Blaugrana" sardorlarining yakuniy tarkibi Gamper kubogidan so‘ng aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!