Keyn Evropada eng samarali futbolchiga aylandi

  • 24.03.2026 13:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Harri Keyn Evropaning top-5 ligasida "gol + pas" tizimi bo‘yicha eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.

"Squawka" ma’lumotiga ko‘ra, "Bavariya" hujumchisi joriy mavsumda 36 ta samarali harakat (gol va assist) qayd etgan.

Ikkinchi o‘rinni Erling Holand ("Manchester Siti", 29), uchinchi o‘rinni esa Keynning jamoadoshi Maykl Olise (28) egallamoqda.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan quyidagi futbolchilar ham joy olgan:
Kilian Mbappe (27),
Luis Dias (26),
Brunu Fernandes (24),
Deniz Undav (23),
Lamin Yamal (23),
Federiko Dimarko (20),
Igor Tyago (20).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!