Keyn: "Har qachongidan kuchliman"
Angliya terma jamoasi va "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn o‘zining hozirgi darajasi haqida gapirdi.
"Ehtimol, mening hozirgi kundagi versiyam faoliyatimdagi eng yaxshisidir. Avvallari ham ajoyib davrlar bo‘lgan, ammo jismoniy va ruhiy holat, samaradorlik va yana ayrim omillarni inobatga oladigan bo‘lsak, ayni vaqtda har qachongidan ham kuchliroqman. "Bavariya"da o‘zimni juda qulay his etyapman. Bu mavsum juda ajoyib o‘tmoqda. Yakunda esa muxlislarni titullar bilan xursand qilamiz", - dedi angliyalik forvard.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar