Keyn: «Olise yanada yaxshiroq oʻyinchiga aylanishi mumkin»

  • 20.09.2026 14:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» markaziy hujumchisi Garri Keyn Berlinning «Union» jamoasiga qarshi yirik hisobdagi g‘alabadan (7:0) so‘ng jamoadoshi Maykl Olise o‘yini haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda fransuz vingeri xet-trik qayd etdi.

«Olise mavsum boshidanoq o‘zini juda yaxshi ko‘rsatyapti. Uni ajoyib futbolchi, deb hisoblayman. Maykl jahon chempionatida ham o‘z salohiyatini namoyon qilgandi, hozir esa buni «Bavariya» tarkibidagi o‘yinlarda davom ettirmoqda. U yanada kuchliroq bo‘lishi mumkin. Hozir uning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar bor. Olise jamoamiz uchun juda muhim o‘yinchi», – deya Keyning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany nashri.

Mavsumning hozirgi qismida Maykl Bundesligada to‘rtta o‘yin o‘tkazdi, to‘rtta gol urdi va bir golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!