
Keyn Ronaldu va Messini tanqid qildi. Krishtianuning javobi Harriga tarsakiday tushdi!
Angliya terma jamoasi Evropa chempionatida Italiyadan mag‘lubiyatga uchrab, azaliy orzusi armonga aylandi. Inglizlarning etakchisi hujumchisi Harri Keynning Krishtianu Ronalduni tanqid qilganini ko‘pchilik mag‘lubiyat alamiga yo‘ymoqda.
- Ronaldu bekorga o‘zini dunyoning eng zo‘r futbolchisi, deb hisoblayapti. Men shuni aniq bilamanki, boshqa mamlakatlarni inobatga olmagan holda, Angliyaning o‘zida Ronaldu va Messidan ancha yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar bor, - dedi Harri Keyn.
Krishtianu Ronaldu esa, ingliz hujumchisining tanqidiga bosiqlik bilan, lekin Keynga etarlicha zarba bo‘ladigan darajada javob qildi. Xususan, u Angliya terma jamoasini finalgacha etib kelganini tasodif deb, italiyaliklarni qit’a chempionatidagi g‘alaba bilan tabrikladi. Shuningdek, Harri Keynga quyidagicha javob qaytardi.
- Keynning gapiga javobim shuki, men o‘zimni zo‘rman, demaganman. Men uchun ko‘rsatkichlarim gapiradi. Terma jamomiz nimchorak finaldan chiqib ketganiga qaramay, men eng yaxshi to‘purar bo‘lib qoldim . Ichiqoralar nima deyishidan qat’i nazar, men o‘z o‘yinim va gollarim bilan nimalarga qodirligimni isbotlab qo‘yganman.
Men terma jamoam bilan Millatlar ligasi va Evropa chempionatida g‘olib chiqdim. Angliya esa uzoq yillardan beri biror nimani uddalay olgani yo‘q.
Keyn hali Lionel Messining darajasidan ancha uzoqda. U aytgangaplar ojizlishidan dalolat beradi. Agar Angliya chempion bo‘lganida, ubizga osilmagan bo‘lardi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Fikrlar