Keyn Ronaldudan tezroq 500 ta gol urishga erishdi
"Bavariya"ning angliyalik toʻpurar hujumchisi Harri Keyn Bundesliga 22-turidan oʻrin olgan "Verder"ga (3:0) qarshi bahsda dubl qayd etib, 743 ta oʻyinda 500 ta gol urdi. Shu tariqa, angliyalik forvard XXI asrda ushbu koʻrsatkichga erishish tezligi boʻyicha Transfermarkt reytingida uchinchi oʻrinni egalladi.
"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyatida 500 ta gol urish uchun eng kam oʻyin oʻtkazgan (632 ta oʻyin), ikkinchi oʻrinda "Barselona"ning polshalik futbolchisi Robert Levandovski (730 ta oʻyin) bormoqda. "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu reytingning toʻrtinchi pogʻonasiga tushib qoldi (753 ta oʻyin).
Fikrlar