
Keyn tarixda hech kim qilolmagan ishni uddaladi
Yozda “Tottenxem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan Harri Keyn Bundesligada ham to‘purarlik borasidagi rekordlarni yangilashda davom etmoqda.
Chempionatning navbatdagi turida amaldagi chempion raqib jamoa – “Kyoln” kichik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Harri Keyn urdi.
Opta nashrining ma’lum qilishicha, bu 30 yoshli hujumchi uchun Bundesligadagi 12-o‘yindagi 18-gol bo‘ldi. Ekspertlar hali hech bir futbolchi Bundesligada o‘n ikkita uchrashuvda buncha ko‘p gol urmaganini ta’kidlamoqda.
Bundan tashqari, angliyalik to‘purar hisobida beshta assist ham bor.
Fikrlar