Keyn yangi mavsumni super klubda davom ettirishi mumkin

  • 26.05.2023 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. "Real"ga taklif qilishdi.

Cadena SER nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli angliyalik futbolchi "Tottenxem"ni tark etmoqchi. Futbolchining agenti "Real" bilan bog‘lanib, mijozining xizmatlarini taklif qildi.  Hozircha "qirollik klubi" ushbu taklifga "yo‘q" yoki "ha" deb javob bermadi.

Ayni damda "Real" Keyn variantini o‘rganib chiqmoqda. Bu borada ular transferning ijobiy va salbiy tomonlariga diqqat bilan yondoshmoqda. Shuningdek, Keynga "Bavariya", "Manchester Yunayted" va PSJ klublari qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!