
Keynni superklub “ovlamoqda”
“Tottenxem” rahbariyati Harri Keynni ushlab qolish uchun uni so‘ragan jamoalardan juda katta badal puli talab qilmoqda.
Biroq, xarajatdan qochmaydigan klub topildi. PSJga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Luis Jnrike angliyalik futbolchini o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Parij klubi vakllari “Tottenxem” bilan muzokara boshlagan. PSJ 29 yoshli o‘yinchiga besh yillik shartnoma va har mavsum uchun 16 million evro maosh taklif qilmoqda.
Keynning o‘zi ham Luis Enrike qo‘l ostida to‘p tepishga qarshi emas. Faqat hujumchi parijliklar bilan uch yillik shartnoma tuzishni istayapti.
Fikrlar