
Keza APLga ko‘chib o‘tmoqda
"Yuventus"ning 26 yoshli vingeri Federiko Keza Londonning "Tottenxem" jamoasiga o‘tishga bir qadam qoldi. Bu haqida "Sport Mediaset" nashriga tayanib "CalcioNapoli24" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi bu yozda Turin klubida qolmaydi. Keza uchun "Napoli" va "Roma" ham davogar ekani ta’kidlangan edi.
O‘tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar