Kibersport. EA Sports yangi mavsumdan boshlab La Liganing titul homiysiga aylanadi

  • 21 avgust, 2022, 18:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

EA Sports 22/23 mavsumdan boshlab La Liganing titul homiysiga aylanadi. Ispaniyaning eng yuqori futbol ligasi LaLiga EA Sports deb nomlanadi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Marca xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan. Electronic Arts kompaniyasi buning uchun La Ligaga yiliga 30 million evro to‘laydi. Shuningdek, Ispaniya chempionati o‘z nomini La Ligadan La Liga EA Sports ga o‘zgartiradi va Electronic Arts brendingidan ham foydalaniladi.

Avvalroq Electronic Arts kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaradigan FIFA23 futbol simulyatorida Rossiya terma jamoasi va Rossiya klublari bo‘lmasligi ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!