
Kichik Krishtianu qaysi klub bilan shartnoma imzolaydi?
Ronalduning o‘g‘lini hozirgi kunda Evropaning top klublari skautlari kuzatib bormoqda.
Gap shundaki, Krishtianu Junior may oyida Portugaliya U-15 terma jamoasida debyut qildi. U Vladko Markovich nomidagi turnirda barcha (to‘rtta) uchrashuvda maydonga tushdi. Final bahsida Xorvatiya darvozasiga ikkita gol urda va Portugaliyaga turnir g‘olibligini qo‘lga kiritishida katta hissa qo‘shdi. Uni Evropaning "Inter", "Yuventus", "Bavariya", "Borussiya Dortmund" va "Manchester Yunayted" kabi klublar skautlari kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, yosh iste’dod shu vaqtga qadar "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "An-Nasr" klublarida otasiga hamrohlik qilgan.
Fikrlar