Kichik Tyuram ham otasining izidan bormoqda
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi kecha Bundesliganing 9-turida “Ayntraxt” ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi.
Shu kuni “Borussiya”ning g‘alabasiga frantsiyalik hujumchi Markus Tyuram munosib hissa qo‘shdi. 22 yoshli futbolchi shu kuni o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu tariqa Tyuram Bundesliganing so‘nggi 5 ta o‘yinida gol+pas (4ta gol, 3 ta assist) tizimi bo‘yicha 7 ochko jamg‘ardi.
Ma’lumot uchun, Markus frantsiyalik mashhur futbolchi Lilian Tyuramning o‘g‘li hisoblanadi. “Borussiya M” uni o‘tgan yozgi transferlar davrida 13 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar