Kikbokschilarimiz dunyoni larzaga soldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tailand poytaxtida bo‘lib o‘tgan "2nd Thailand Kickboxing World Cup 2026 (WAKO)" Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy zafarni qo‘lga kiritdi!

Dunyoning 32 mamlakatidan kelgan 1000 dan ortiq sportchilar orasida hamyurtlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishdi.

Turnirning mutlaq qahramonlari:
Bir musobaqaning o‘zida 3 tadan oltin medal sohibiga aylangan sportchilarimiz o‘zbek kikboksingi tarixida yangi sahifa ochishdi:
Erkinov Yusufbek (-37 kg)
Chorieva Malika (70 kg va +70 kg)

2 tadan OLTIN medal egalari:
Xoliqov Aziz
Ergashova Intizor
Olimjonov Behruz
Nazarov Ismoil
Abdug‘afurov Hojiakbar
Jalilova Xurshida

Shuningdek, chempionlik shohsupasiga ko‘tarilganlar:
Sodiqov Fuzayl
Nosirov Jamoliddin

Umumiy natija: Terma jamoamiz jami 72 ta medal bilan qaytmoqda: 36 ta oltin, 22 ta kumush, 14 ta bronza. Bu haqida O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!