Kikboksing bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi “Unversal” sport majmuasida kikboksing bo‘yicha kadetlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.

Tecno

O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududidan kelgan 1200 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

– Joriy yilgi mazkur chempionatda biz asosan iqtidorli yosh sportchilarni saralab, ularni terma jamoamiz safiga qo‘shishni va bu orqali kelgusida bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishni o‘z oldimizga ulkan maqsad qilib qo‘yganmiz,  – deydi O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Normetov Sports.uz muxbiriga bergan intervyusida

– So‘nggi yilarda mamlaktimizda yakkakurash turlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilinmoqda. Biz ham mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimizda mazkur sport turina yanada ommalashtirib, iqtidorli sportchilarni kamol toptirishga bor kuch-g‘ayratimiz bilan hizmat qilamiz.

O‘zbekiston chempionatining final bellashuvlari 19 avgust kuni o‘tkaziladi. Shuningdek, musobaqa doirasida 20 avgust kuni soat 18:00da professioanlar o‘rtasidagi janglar ham bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahslarda g‘alaba qozongan sportchilar sentyabr oyida Turkmanistonning Ashxabod shahrida o‘tkaziladigan yopiq inshoatlardagi Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!