Kikboksing bo‘yicha Toshkent shahar chempionatidan fotoreportaj

CHERY AUTO

 Joriy yilning 17-18 fevral kunlari poytaxtimizdagi "JAR" sport-sog‘lomlashtirish majmuida O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan poytaxt chempionati o‘tkazildi. 500 nafarga yaqin kikboks ishtiyoqmandlari mazkur sport turining kik-layt va lou-kik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

 Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar nomi e’lon qilindi. G‘oliblar orasida  Edem Akishin, Islom Ilhomov, Mohir Niyozbekov, Ibrohim Asadov, Ziyodullo Qahhorov, Jasur Hasanov, Behzod Nasriddinov, Jasur Sultonov, Durdona Lutfullaeva, Jamoliddin Chorievlar bor.

 G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan rag‘batlantirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!