Kirsan Ilyumjinov shaxmat faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi

  • 27.07.2026 17:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Men FIDE prezidenti lavozimiga nomzodimni qo‘yar ekanman, o‘z oldimga to‘rtta asosiy vazifani belgilagan edim. Birinchisi — jahon chempioni maqomini tiklash. Ikkinchisi — shaxmat federatsiyalari va shaxmatchilarning siyosiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra ta’qib va kamsitishlarga uchramasligiga erishish. Shuningdek, barcha federatsiyalarni FIDE tarkibiga qaytarish va Vladimir Kramnikning FIDEdagi to‘laqonli faoliyatini qayta tiklashni maqsad qilgan edim. Yana bir vazifam shaxmatni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish edi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning sobiq prezidenti Kirsan Ilyumjinov «Match TV» telekanali efirida shaxmatga oid barcha faoliyatini to‘xtatishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Men FIDEga ayrim amaldorlar bilan yana tortishish uchun emas, balki butun shaxmat olamini birlashtirish maqsadida qaytishni istagan edim. Bugun esa shaxmatdan ketishga qaror qildim. Shaxmat bilan bog‘liq har qanday faoliyatimni to‘xtataman», — dedi Ilyumjinov «Match TV» telekanali dasturida.

Kirsan Ilyumjinov 1995–2018 yillar davomida FIDEning yettinchi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Rossiyalik tadbirkor rahbarligi davrida 1990 yillar boshida yuzaga kelgan bo‘linishdan so‘ng xalqaro shaxmat hamjamiyatini qayta birlashtirishga erishilgan.

Rossiya shaxmat federatsiyasi esa Kirsan Ilyumjinovning shaxmatni rivojlantirish va ommalashtirish, turli shaxmat maktablari hamda jamoatchiligini birlashtirish yo‘lidagi xizmatlarini yuksak baholadi.

«Kirsan Nikolaevichning shaxmat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Ishonchimiz komilki, u yangi faoliyat yo‘nalishlarida ham insonlarni birlashtirish va mamlakat ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadi. Unga muvaffaqiyat tilaymiz. Kirsan Ilyumjinov federatsiyamiz o‘tkazadigan barcha tadbirlarning doimiy faxriy mehmoni bo‘lib qoladi», — deyiladi Rossiya shaxmat federatsiyasi bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!