Kloop: "Birinchi bo‘limda mavsumdagi eng yorqin o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatdik"

  • 30 aprel, 2023, 23:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida "Tottenxem" ustidan qozonilgan ajoyib g‘alabadan so‘ng (4:3) fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Mersisaydliklar 15-daqiqaga kelib 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Biroq raqiblarga durang qayd etishiga deyarli imkon berishdi. 93-daqiqada Richarlison hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, birozdan keyin Diogo Jota mezbonlarning g‘alaba golini kiritdi.

“Birinchi bo‘limda mavsumdagi eng yorqin o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatdik. 39-daqiqada o‘tkazib yuborilgan birinchi golga qadar ajoyib harakat qildik. Bu o‘yindagi birinchi epizod bo‘lib, jamoamiz himoyada to‘g‘ri o‘ynay olmadi.

Juda ajoyib duel, odamlar uyga xursand bo‘lib qaytishadi, lekin hamma narsa qayg‘uli yakunlanishi mumkin edi. Murabbiy sifatida shuni aytishim kerakki, keyingi o‘yinda biz yanada ishonchli harakat qilishimiz kerak”, - dedi Klopp "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!