Klopp - yangi formatdagi KO‘JCh haqida: "Bu futbol tarixidagi eng yomon g‘oya"

  • 28 iyun, 15:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga keskin tanqidlar bilan chiqdi. Ayni damda AQShda 32 ta jamoa ishtirokida mazkur turnirning ilk formati o‘tkazilmoqda.

Tecno

"Bu futbolda hayotga tatbiq etilgan eng yomon g‘oyadir. Men ishtirok uchun to‘lanadigan pul haqida gapirayotganlarni tushunaman — haqiqatdan ham, bu juda katta pul. Lekin bu hamma klublarga taalluqli emas.

Oxirgi yili Amerika kubogi va Evropa chempionati bo‘ldi. Bu yil Klublar o‘rtasidagi JCh, keyingi yil esa milliy jamoalar o‘rtasidagi Jahon chempionati. Bu degani, futbolchilarning na jisman, na ruhan to‘liq tiklanishiga vaqt qolmaydi.

Albatta, ular ko‘p pul ishlashadi. Lekin keling, bir daqiqaga bu haqda unutaylik. Masalan, NBA o‘yinchilari ham katta pul topishadi, lekin ularda yiliga to‘rt oy dam olish bor. Virjil van Deykning butun faoliyati davomida shuncha dam olish bo‘lganmi? Menimcha, yo‘q.

Bunday turnirlar futbolchilar sog‘lig‘i hisobidan o‘tkazilmasligi kerak. Men bunday holatni hech kimga tilamasdim.

Qo‘rqamanki, keyingi mavsumda futbolchilarda yaralanayotgan jarohatlar soni rekord darajaga etadi. Agar bu bo‘lmasa, unda Jahon chempionatida yoki undan keyin sodir bo‘ladi.

Biz doim futbolchilardan har bir o‘yinni oxirgisi deb o‘ylayotgandek o‘ynashlarini kutaveryapmiz. Buni ulardan yiliga 70–75 marta talab qilamiz. Ammo bunday davom etishi mumkin emas.

Biz ularga tanaffus berishimiz kerak. Agar ular dam olmasa, uzoq muddatli natijalarni bera olishmaydi. Unda butun futbol mahsuloti o‘z qadrini yo‘qotadi.

Men faqat bir martagina to‘liq ikki haftalik yig‘inga ega bo‘lganman. Faqat ikki yarim hafta — va shundan so‘ng butun yil davomida har uch kunda bir marta o‘yin o‘tkazdik. Bu juda og‘ir" — dedi Klopp "Welt" nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!