
Klopp Erik ten Xag “Leyptsig”ni boshqarishiga yo‘l qo‘ymadi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan keyin ishsiz yurgan Erik ten Xag “Leyptsig”ni qabul qilishga tayyor edi.
Sky Sports nashrining yozishicha, niderlandiyalik mutaxassisning Bundesliga jamoasini boshqarishiga “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yo‘l qo‘ymagan.
Klopp ayni paytda “Red Bull” kompaniyasining xalqaro futbol bo‘limini rahbari bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Aynan u Erik ten Xag nomzodiga qarshi chiqqan.
Germaniyalik mutaxassis Erik ten Xag o‘rniga boshqa uch nafar nomzod – Bular Sebastyan Xyones (“Shtutgart”), Oliver Glasner (“Kristal Pelas”) va Rojer Shmidtni (“Benfika” sobiq bosh murabbiyi) bosh murabbiylikka tavsiya qildi.
Fikrlar