Klopp "Liverpul" tarixida yangi sahifa ochdi
Xabaringiz bor, kecha APLning 9-turida "Liverpul" safarda “Manchester Yunayted” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alaba Yurgen Kloppning “Liverpul” bosh murabbiyi sifatidagi 200-g‘alabasi bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassisga ushbu natijaga erishish uchun 331 ta o‘yin kifoya qildi. Bu esa klub tarixidagi yangi rekord hisoblanadi.
Bungacha "Liverpul"da ushbu rekord Kenni Dalglishga tegishli edi. U 333 ta o‘yinda 200 ta g‘alabaga erishgan.

Fikrlar