
Klopp "Liverpul"ga "Lion"ning 3 nafar futbolchisini olib kelmoqchi
"Liverpul" klubi mavsumlar oralig‘ida "Lion"ning 3 nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Mercato365 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar frantsuz klubidan yarim himoyachilar Ussama Auara va Tangi Ndombele, shuningdek, vinger Memfis Depayni sotib olishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Depay uchun APL begona emas. Boisi, u “Lion”ga kelishidan avval bir necha mavsum "Manchester Yunayted"da to‘p surgan.
Ma’lumotlarga qaraganda yuqorida nomlari tilga olingan uchchala futbolchiga ham shaxsan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar