Klopp: "Liverpul"ni 3 ta final kutib turibdi

  • 17 mart, 2023, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning joriy mavsumida jamoasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlarni aytib o‘tdi.

“Xalqaro tanaffusdan keyin bizni har biri finalga teng futbol haftasi kutib turibdi. Bular uchta jamoa ishtirokidagi o‘yinlar: “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Arsenal”. Mavsum yakunida qaysi o‘rinni egallashimizni mana shu o‘yinlar natijalari aniqlab beradi”, - dedi  germaniyalik mutaxassis klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" kecha Madridda “Real”ga (1:0) imkoniyatni boy berdi va UEFA Chempionlar ligasidan ham chiqib ketdi.

Mersisaydliklar APLning joriy mavsumini avvalgilariga qaraganda ancha yomon o‘tkazmoqda. Ular hozirda 42 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. EChLga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rindagi jamoa bilan oradagi farq olti ochkoni tashkil etadi. Chempionat yakuniga etishiga esa yana 12 ta tur qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!