
Klopp "Liverpul"ni tark etib, ispan grandiga o‘tishi mumkin
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda jamoasini tark etishi mumkin. Mersisayd grandi rahbarlari jamoaning joriy mavsumdagi natijalaridan norozi va 55 yoshli mutaxassis bilan xayrlashish haqida o‘ylamoqda.
"El Nacional" nashrining xabariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi Kloppning ketishi ehtimolidan foydalanib, uni jamoa bosh murabbiyligiga olib kelishi mumkin.
"Qaymoqranglilar" rahbariyati germaniyalik mutaxassisni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlashi kutilayotgan Karlo Anchelottiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Yurgen 2015 yilning oktyabridan buyon “Liverpul”ni boshqarib kelmoqda. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi
Fikrlar