Klopp "Real Madrid"dagi holat haqida gapirdi
Taniqli germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Xabi Alonsoning iste’fosidan so‘ng "qirollik klubidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Agar Leverkuzenda ikki yildan ortiq vaqt mobaynida o‘zining qay darajaldа yetuk murabbiy ekanini butun dunyoga isbotlagan Xabi Alonso 6 oydan so‘ng "Real"ni tark etishga majbur bo‘lsa, bu klubda hammasi joyida emasligini ko‘rsatadi. Alonso juda yaxshi murabbiy. Nega unga Madridda ko‘p bosim bo‘lganini tushunish qiyin", - dedi Klopp
Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar" Kloppni yozda jamoaga olib kelish haqida o‘ylamoqda.
Fikrlar