Klopp: "Real" men bilan bog‘lanmadi"

  • 15.01.2026 04:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yurgen Klopp Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimidan ketganidan keyin Madrid klubi u bilan aloqaga chiqmaganini ma'lum qildi.

Avvalroq "Liverpul"ning sobiq murabbiyi bir necha bor "Real" bilan bog‘langan edi. Ayni paytda nemis mutaxassisi "Red Bull" kompaniyasining futbol yo‘nalishi bo‘yicha global rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

— Menimcha, bu gap-so‘zlar ma'lum vaqtdan beri aylanib yuribdi. Savolingizda nimani nazarda tutayotganini yaxshi tushunaman, ammo bu men bilan bog‘liq emas.

Bu haqida gap bo‘ldi, lekin u "Madrid" tomonidan aytilmadi, — dedi Klopp "Servus TV"ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!