Klopp "Real"ga kelsa 5ta futbolchini sotib olishni talab qilmoqchi

  • 17.01.2026 21:17
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" va "Borussiya Dortmund" klublari sobiq murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga kelsa ko‘p narsalar talab qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, Yurgen Klopp "Real"ga kelsa jamoani jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi. Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis transfer short-listidan 5 nafar futbolchi joy olgan. "Qaymoqranglilar" himoya chizig‘i uchun, Mark Gexi va Dayot Upamekanoni maqbul variant sifatida ko‘rmoqda. Bundan tashqari yarim himoyachilar Brunu Gimaraesh hamda Anjelo Shtiller va qanot vingeri Karim Adeyemini xarid qilishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "qirollik klubi"ni Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!