Klopp “Real”ga kelyaptimi?
Murabbiylik faoliyati davomida Germaniyada “Maynts”, “Borussiya Dortmund” va Angliyada “Liverpul” jamoalarini boshqargan Yurgen Klopp Madridning “Real” jamoasida ishlash variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Bu haqida insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Ta’kidlash joizki, “Qirollik klubi” xo‘jayini Florentino Peres ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgandan keyin jamoani Yurgen Klopp boshqarishini orzu qilishini va germaniyalik mutaxassisni olib kelishga harakat qilishini bildirgan edi.
Hozir “Real” boshqaruvi shu paytgacha “Kastilya”ga bosh murabbiylik qilgan Alvaro Arbeloaga topshirildi. Biroq bu mutaxassis hali top-klublarda yulduzlarga to‘la tarkib bilan ishlash tajribasiga ega emas.
Fikrlar