Klopp “Real”ni emas, terma jamoani boshqaradigan bo‘lyapti

  • 13.03.2026 05:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli murabbiy Yurgen Klopp 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Hozirda terma jamoani Yulian Nagelsmann boshqarayotgan bo‘lsa-da, jamoa jahon chempionatida kutilgan natijani ko‘rsatmasa, uning kelajagi xavf ostida qoladi.

Bild nashri ma’lum qilishicha, Germaniya terma jamoasi 2014 yili jahon chempioni bo‘lgan, ammo 2018 va 2022 yillarda guruh bosqichidan chiqa olmagan. Shu sababli kelayotgan jahon chempionatidan katta umidlar qilinmoqda.

Avvalroq Red Bull kompaniyasi Yurgen Kloppning global futbol bo‘limi rahbari sifatidagi ish natijalaridan norozi ekani haqida ham xabarlar chiqqan edi.

Klopp bu lavozimni 2025 yildan beri egalab kelmoqda.

Shu bilan birga, Red Bull uni kelasi yozda murabbiylik faoliyatiga qaytishiga to‘sqinlik qilmasligi aytilmoqda.

So‘nggi haftalarda Kloppning nomi Madridning “Real” klubi bilan ham bog‘lanayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!