Klopp va bir necha sobiq futbolchilar Germaniyada yangi liga tashkil qilishmoqchi

  • 29.01.2026 19:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yurgen Klopp, Markus Kreshe, Sami Hedira, Andreas Rettig va Mark Lens yangi Germaniya ligasini yaratish rejalari ustida ishlamoqda.

Bild ma'lumotlariga ko'ra, bu g'oya yosh iste'dodlarning asosiy jamoalarga kirishi qanchalik qiyin ekanligi haqidagi xavotirlar ortib borayotgani sababli paydo bo'lgan.

Guruh Bundesligaga o'tishdan oldin futbolchilarga tajriba orttirishga yordam beradigan yoshlar (21 yoshgacha) ligasini tashkil etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Mavjud tizimning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

— Faqat 9 ta nemis akademiyasi Evropadagi eng samarali 100 ta akademiya qatoriga kiradi;
— Bundesligada Evropaning beshta yetakchi ligalari orasida o'z akademiyalari tarbiyalanuvchilari soni eng kam;
— Bundesligada o'yin vaqtining 85 foizi akademiya tarbiyalanuvchisi bo'lmagan futbolchilar hissasiga to'g'ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!