Klopp "Yuventus"ni boshqaradimi?
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zining "Yuventus"ga ketishi mumkinligi borasida berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Menga A Seriya ham, Italiya ham yoqadi. Bu juda chiroyli mamlakat. Biroq, mening “Yuventus”ga ketishim haqidagi mish-mishlar shunchaki bema’nilik. Men “Liverpul”dan ketmoqchi emasman”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Kloppning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Qolaversa, rahbariyat unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. 51 yoshli mutaxassis “Liverpul”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar