
Kloppni hayratga solgan vunderkind kim?
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi iste’dod egasini topdi. Germaniyalik mutaxassis “Ayaks” himoyachisi Perr Sxyursning Evropa Chempionlar ligasidagi o‘yinidan hayratga tushganini yashirmayapti.
20 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan yili “Yuventus”ga o‘tib ketgan Matteys de Ligtning o‘rniga “Ayaks” asosiy tarkibida o‘ynash imkoniga ega bo‘lgandi. Shundan so‘ng, ishonchli harakatlari bilan o‘z iste’dodini namoyish etib, qator klublar e’tiboriga tushdi.
Yurgen Klopp yosh futbolchini qishki transferlar vaqtida jamoaga taklif qilishni rejalashtiryapti. Perr Sxyurs jarohati tufayli mavsumni o‘tkazib yuborayotgan Virjil van Deykning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Shuningdek, "Liverpul” bu futbolchi bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Fikrlar