Kloppning "Real"ga qachon bosh murabbiyi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

  • 06.02.2026 03:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" klubini germaniyalik mutaxassis boshqarishi mumkin. Bu haqida Defensa Central nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yurgen Klopp kelasi mavsumda madridliklar bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda. Klopp allaqachon "Bernabeu"dan bir soatlik masofa uzoqligida joylashgan 4 million evroli uy sotib oldi. Uning so‘nggi ishlagan jamoasi "Liverpool" hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, "qaymoqrangliklar" joriy mavsum La Liga turnir jadvalida 54 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Ular peshqadam "Barselona"dan bir ochko kam jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!