
Klub futbolchisi uchun "Manchester Siti"dan ko‘proq pul talab qilmoqda
"Ayntraxt" "Manchester Siti" uchun Umar Marmushning narxini belgiladi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Germaniya klubi "Manchester Siti" 25 yoshli hujumchini darhol sotib olmoqchi ekanligi haqida ma’lumot olgan. "Ayntraxt" futbolchi uchun taxminan 80 million evro talab qilmoqda, shu sababli bu summadan ancha past bo‘lgan takliflar darhol rad etiladi.
"Manchester Siti" va Marmushning agentlari 50-60 million evro atrofidagi summani futbolchi uchun mos deb hisoblashmoqda. Hozirgi vaqtda klublar o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti.
Ma’lumot uchun, misrlik futbolchi joriy mavsumda Bundesliganing 15 ta o‘yinida 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar