Klub hurmatsizlik qildi, ketaman!

  • 15.08.2025 08:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Anliya Premer-ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Chelsi” keyingi paytda eng ko‘p o‘yinchi almashtiradigan jamoaga aylanib qoldi.

Jamoa o‘yinchilaridan Karni Chukvuemekaga klubning futbolchilarga nisbatan munosabati yoqmadi va u o‘ziga boshqa jamoa topishga qaror qildi.

Aslida 21 yoshli futbolchi ham asosiy tarkibga kirishi qiyin kechayotgani bois, klubni tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Sport Bild nashrining yozishicha, Chukvuemekaning “Chelsi”dan xafsalasi pir bo‘lgan va klubdan ketmoqchiligini mutasaddilarning o‘yinchilarga nisbatan hurmatsiz munosabatda ekani bilan izohlagan.

Transfermarkt portali tomonidan 18 million evroga baholayotgan futbolchi faoliyatini Bundesligada – Dortmundning “Borussiya” klubida davom ettirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!