Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi qancha qo‘shimcha mukofot puli oladi?
“Marca” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 929 million evro Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishtirokchilar uchun belgilangan miqdor sifatida 500 million evro va musobaqa davomida erishgan natijalariga ko‘ra, 429 million evro bo‘lingan.
Quyida nechinchi o‘rin uchun qancha summa ajratilishi haqida to‘liq tanishing:
Guruhdagi 3 tadan 3 g‘alaba - 6 million evro
1/8 (pley-off) - 7 million evro
1/4 (chorak-final) - 12 million evro
1/2 (yarim final) - 20 million evro
Finalga chiqish – 28 million evro
Finalda g‘alaba qozonish - 37 million evro

Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar