
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Osiyoda bo‘ladi
FIFA 2021 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati haqida ma’lumot berdi.
Musobaqa yilning oxirida (aniq sanasi qayd etilmagan) Yaponiyada bo‘lib o‘tadi va unda 7 ta jamoa ishtirok etadi.
Avvalroq, Associated Press jurnalisti Rob Xarris turnir Xitoyda bo‘lib o‘tishi va unda 24 ta klub ishtirok etishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Shu qatorda, 2020 yilgi kichik mundial 2021 yilning fevral oyiga qoldirilganligini qo‘shimcha qilish mumkin.
Fikrlar