Klublar o‘rtasidagi JCh. Ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 8 fevral, 2023, 02:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi JCh yarim final bosqichida "Flamengo" - "Al-Hilol" to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Jangovar tarzda o‘tgan o‘yinda riyodliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Dastlab, Al-Dovsari 4-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Pedro imkoniyatlarni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Braziliya klubi futbolchisi Jerson jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatib, qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Shu bilan birgalikda, referi "Flamengo" darvozasiga  penalti belgiladi. Al-Dovsari 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va klubini oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Vetto ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Uchrashuv tugashiga kam qolganida Pedro gol urib, dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob 2:3.

Shu tariqa, "Al-Hilol" klublar o‘rtasidagi JCh finaliga yo‘l oldi. Ularning keyingi raqibi "Al-Ahli" - "Real" Madrid bahsida aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!