KO‘JCh. "Bavariya" 2:1 hisobida zafar quchib, pley-off masalasini hal qildi

  • 21 iyun, 08:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-turdan o‘rin olgan "Bavariya" - "Boka Xuniors" o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda o‘tgan mavsum Bundesliga chempionlari 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab to‘qnashuvning 18-daqiqasida Xarri Keyn gol urib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa Migel oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan holda, hisobni tenglashtirdi 1:1. Shuningdek, 84-minutda Olise chiroyli gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi va muhim g‘alabani ta’minladi. Mazkur g‘alabadan so‘ng myunxenliklar ochkolarini 6 taga etkazib olib, muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi. 
 
3-turdagi "Benfika"ga qarshi uchrashuvini esa 24 iyun kuni soat 00:00 da o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!