KO‘JCh. PSJ so‘nggi turda ishonchli g‘alabaga erishib, guruhdan chiqdi

  • 24 iyun, 02:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan PSJ - "Sietl Saunders" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Luis Enrika boshchiligidagi parijliklar katta kuch ishlatmagan holda, 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab uchrashuvning 35-daqiqasida Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa Ashraf Hakimi oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘yib, jamoasining guruh bosqichidagi so‘nggi goliga mualliflik qildi. Ushbu g‘alaba PSJni guruhdan chiqishiga zamin yaratdi. 
 
Endilikda jamoa A guruhining 2-o‘rin sohibi bilan pley-offda kuch sinashdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!