Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

KO‘JCh. PSJni mag‘lub etgan "Botafogo" o‘z yurishini pley-offda to‘xtatdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Bellashuvni bitta gol hal qildi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati pley-offning ilk bahsida Braziliyaning ikki klubi "Palmeyras" va "Botafogo" klublari o‘zaro to‘qnash keldi. 
 
Uchrashuvda nominam mezbon hisoblangan "Palmeyras" klubi yagona gol evaziga g‘alabani ilib ketgan holda, chorak finalga yo‘l oldi. 
 
Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limga yo‘l oldi. Uchrashuvning 110-daqiqasiga kelib Paulo Enrike Sampayo Filo hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol esa o‘yin taqdirini hal qilgan holda, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 
 
"Palmeyras" endi chorak finalda "Benfika" va "Chelsi" g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q