KO‘JCh. Uzoq davom etgan uchrashuvda "Chelsi" yirik hisobda "Benfika"ni mag‘lub etdi.

  • 29 iyun, 03:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Benfika” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda “aristokratlar” 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Tecno

Uchrashuvning 64-daqiqasida Ris Jeyms jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ammo 85-daqiqada kuchli yomg‘ir va yashin tufayli o‘yin to‘xtatildi. Keyin futbolchilar maydonga qaytishdi va hakam bellashuvga 6 daqiqa qo‘shib berdi.

Ushbu qo‘shimcha vaqtda portugaliyaliklar foydasiga penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Anxel Di Mariya aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi va ekstra-taymlarga yo‘l ochildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda Nkunku 108-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:2). 114 va 117-daqiqalarda esa Pedro Neto hamda Kiernan gol urgan holda, yirik hisobni ta’minlashdi (1:4).

Shu tariqa, Entso Mareska shogirdlari chorak finalda Braziliyaning “Palmeyras” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!