Kojo: "Eron klublaridan qiziqish bo‘layotgani rost"

  • 20.11.2024 10:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Jahon Chempionati-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Qirg‘iziston-Eron uchrashuvi mehmonlar foydasiga 3:2 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda kiritilgan gollarga Mexdi Taremi, Solih Xardani, Sardor Azmun va Kojo Joel (dubl) mualliflik qilishdi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Kojo fors klublarining unga qiziqayotgani haqida gapirdi.

"Menga nafaqat Eron klublaridan balki boshqa Osiyo klublaridan ham takliflar bor, lekin mening asosiy e’tiborimni "Dinamo"ga qaratganman. Hozirda borimni berib klubimga foyda keltirishim kerak. Eron jamoalaridan takliflar borligini tasdiqlayman", - dedi qirg‘izistonlik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!