Koke: "Bu mag‘lubiyat biz uchun dars bo‘lishi kerak"

  • 09.02.2026 02:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" yarim himoyachisi Koke Ispaniya chempionatining 23-turida "Betis"ga qarshi uy uchrashuvidagi mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Kubokda ajoyib o‘yin o‘tkazganimizdan keyingi og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Bugun biz ancha aniq harakat qila olmadik va bu holat payshanba kungi o‘yin hamda keyingi uchrashuvlar oldidan biz uchun dars bo‘lishi kerak.

Ular avvalgisiga qaraganda ancha yopiq o‘yin namoyish qildi. Keyin gol urishdi — Antonining goli shunchaki ajoyib edi. Shundan so‘ng ularning himoyasini yorib o‘ta olmadik, vaziyatlarimiz ham ko‘p bo‘lmadi. Ular ajoyib o‘yin o‘tkazdi.

Biz aniq harakat qila olmadik, chunki raqib shunchalik yopiq o‘ynaganda... bir tegishda o‘ynash imkoni bo‘lmadi, maydon bunga imkon bermadi.

Rostini aytsam, maydon yomon holatda edi: sirpanyapmiz, gazon ko‘tarilib ketyapti… "Atletiko" kabi jamoaga sifatli maydon kerak. Bizdan yuqori daraja talab qilinadi va buning uchun yuqori sifatli maydon bo‘lishi shart", — dedi Koke.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!