Kolarov "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 07.01.2020 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” himoyachisi Aleksandr Kolarov klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda rimliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan.

“Men bilan shartnomani uzaytirgani uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Bu men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Men bundan keyin ham yanada yaxshiroq harakat qilishga va o‘z ustimda ishlashga harakat qilmoqchiman”, - deydi Kolarov.

Ma’lumot uchun, Kolarov “Roma” safiga 2017 yil “Manchester Siti”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida rimliklar safida 113 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!