Kolbi Kovington Oq Uydagi turnirda jang qilish uchun UFC bilan muzokara boshladi

  • 15.02.2026 14:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik taniqli UFC jangchisi Kolbi Kovington Oq Uydagi turnirda ishtirok etmoqchi.

“Oq Uyda tashkil etiladigan turnir bo‘yicha UFC bilan muzokara olib borayapman. Ularga bu faoliyatimdagi eng muhim jang ekanini aytdim. Prezident qarshisida, janubiy maysazor da jang qilish men uchun ulkan sharaf”, —  dedi Kolbi "HotCakes & Hot Takes" podkastida.

Ma’lumot uchun, Kovington so‘nggi bor 2024 yil dekabr oyida oktagonga ko‘tarilib, Xoakin Baklidan 3-raundda texnik nokautga uchragan edi.

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!