"Komo" yulduzi "Real"ga qaytish haqidagi mish-mishlarga javob berdi
"Komo" yarim himoyachisi Niko Pas "Real"ga qaytish haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Real"ga qaytish haqida o‘ylayapsizmi?
"Hozirda bu haqida o‘ylamayapman. Mavsumni iloji boricha yaxshiroq o‘tkazmoqchiman, keyinroq yana o‘ylab ko‘raman. Fabregas ajoyib murabbiy. Faoliyatimni eng muhim onlarini shunday mutaxassis qo‘l ostida o‘tkazayotganimdan xursandman",- dedi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar