Kompani 17 yoshli Lennart Karlning o‘yinini maqtab, "Bavariya"ning muhim g‘alabasini baholadi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Sporting" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabani izohladi va 17 yoshli iste’dod Lennart Karlning o‘yiniga baho berdi.
Komdani fikricha:
– "Sporting" jiddiy raqib. Ular Chempionlar ligasida top-8 orasiga bejiz kirmagan. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazgan bo‘lsak ham, tinchlikni saqladik.
Lennart doim xavfli. Rostini aytsam, bugungi o‘yini uning eng yaxshi o‘yinlari qatoriga kirmaydi, ammo u har doim yuqori darajada bo‘ladi. U imkoniyat paydo bo‘lishi bilan haqiqiy "qotil"ga aylanadi. Bu bizning jamoa uchun juda muhim.
Ajablanarlisi shundaki, u hali 17 yosh bo‘lsa-da, shunday tahdid yarata oladi. Eng yaxshi o‘yini emas, lekin baribir raqib uchun katta xavf. U himoyada ham jamoa bilan birga yordam berib turdi. Bu yaxshi taraqqiyot, ammo oldinda hali katta yo‘l bor.
Fonzining (Alfonso Devis) qaytganidan xursandmiz. To‘qqiz oy o‘tdi. Bu bizning uchun juda katta plyus, — dedi Kompani.
Fikrlar